Ikki engilmas oʻrtasidagi jang durrang bilan yakunlandi

  • 27.08.2026 13:53
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan ikki avstraliyalik bokschi – Nikita Tszyu (12-0-1, 10 KO) va Ben Makhoni (17-0-2, 9 KO) o‘rtasidagi jang durrang bilan yakunlandi. O‘n ikki raundlik keskin qarama-qarshilikdan so‘ng hakamlarning bahosi quyidagicha bo‘ldi: 117-111, 113-115, 114-114. 

Uchinchi raundda tasodifan boshlar to‘qnashib ketishi oqibatida Nikita Tszyuning o‘ng ko‘zi usti yorildi. To‘qqizinchi raundda esa Ben Makhoni beldan pastga zarba berib qo‘ydi, shuning uchun Tszyuga tiklanish uchun qo‘shimcha vaqt ajratildi.

Tomonlar doimiy ravishda zarbalar almashib turishdi. Makhoni ko‘proq himoyadan harakat qilib, qarshi hujumlarga urg‘u berdi. Tszyu esa tashabbusni qo‘ldan bermaslikka intildi va doim oldinga bosim o‘tkazib jang qildi.

Avstraliyalik raqiblar uslubidagi farq ham yaqqol ko‘rindi: Makhoni asosan boshga yo‘naltirilgan zarbalarni qo‘llagan bo‘lsa, Tszyu ko‘proq tanani ishlashga, korpusga zarbalar berishga urindi.

Jangdan so‘nggi qisqa suhbatda Nikita Tszyu revanş masalasida aniq bayonot berishdan tiyildi. Ben Makhoni esa aksincha, revanşga to‘liq tayyor ekanini ochiq bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!