
Ikki grand klub "Real" futbolchisini so‘ramoqda
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroosga Evropaning ikki grandi qiziqib qoldi.
"Todofichajes" nashrining xabar berishicha, germaniyalik futbolchiga Turinning "Yuventus" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirmoqda. Ikkala jamoa ham yozda erkin agentga aylanadigan Kroosni qo‘lga kiritishga harakat qilishi mumkin.
Tonining "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2023/24 yilgi mavsum yakunida tugaydi. 34 yoshli xavbek 2014 yilning yozidan beri "Real"da to‘p surmoqda. Tonining transfer narxi 14 million evroga baholanmoqda.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Kroos 22 o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va 7 golga assistentlik qildi.
Fikrlar