Ikki hamyurtimiz nomzodlar orasida bo‘lgan Osiyoning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi boshlandi

  • 29 oktabr, 2024, 16:11
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koreya Respublikasining Seul shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Unda 2023 yilgi yirik musobaqalar, xususan, Osiyo kubogi 2023™ va futzal bo‘yicha Osiyo kubogi kabi turnirlar davomida o‘z mahoratini namoyish etgan futbolchi, murabbiy va rasmiylar taqdirlanadi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi hamda eng yaxshi ayol futbolchi mukofotlaridan tashqari, murabbiylar, a’zo assotsiatsiyalar va mintaqaviy assotsiatsiyalarining yutuqlari e’tirof etiladi. Ushbu oqshomda jami 21 nafar g‘oliblar taqdirlanishi belgilangan. 

Quvonarli tomoni, o‘zbekistonlik sportchilar ham mukofotga da’vogarlik qilayotgan nomzodlarning yakuniy uchligidan o‘rin olgan. Xususan:

Abbosbek Fayzullaev — "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" mukofotiga nomzod; 
Dilshod Rahmatov — "Yilning eng yaxshi futzalchisi" mukofotiga nomzod.

Tecno

Marosimni quyidagi link orqali tomosha qidlishingiz mumkin: https://youtu.be/SSINiDJCDRs

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!