Ikki klub Mourinoga har yili 50 million evrodan to‘lamoqchi. Joze qay birini tanlaydi?

  • 25 oktabr, 2023, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum yakunlanishi bilan Joze Mourino “Roma”ni tark etadi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni davom ettirishni istamayapti.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassisga Evropaning o‘zidan “Real” va “Inter” qiziqish bildirmoqda. Lekin Saudiya Arabistoni klublari taklif etayotgan maosh Mourinoni Osiyoga olib ketishi mumkin.

Todofichajes nashrinin g aytishicha, “Al-Ahli” va “Al-Ittihod” kabi jamoalar porugaliyalik murabbiyga yiliga 50 evro to‘lashga tayyor. Manbaning ta’kidlashicha, Joze ham bu takliflarga qiziqib turibdi.

Mourino 2021 yilning yozidan beri “Roma”ni boshqaryapti. Uning oldiga jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqish, Italiya chempionligi va kubogini qo‘lga kiritish kabi katta vazifalar qo‘yilgan edi. Biroq Joze bularning birortasini uddalay olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Zakirjon Atabaev
25/10/2023 16:52
"мураббийга йилига 50 евро тўлашга тайёр." Ха ха ха!!!
Бунақа бўлса ўзимизга олиб келайлик, мен тўлайман маошини.