Ikki mashhur klub "Barselona" himoyachisini chaqiryapti
«Barselona»ning 25 yoshli ispaniyalik markaziy himoyachisi Erik Garsiyaga Angliya va Frantsiya chempionatlari klublari tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar himoyachini sotish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor. «Barselona» Erik Garsiya uchun kamida 70 million yevro miqdorida to‘lov kutayotgani aytilmoqda. Shu bilan birga, futbolchi «Barselona» bilan 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma asosida o‘ynamoqda.
Erik Garsiya 2021 yili «Manchester Siti» tarkibidan «Barselona»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u jamoa safida sakkizta o‘yinda maydonga tushdi va gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

Fikrlar