Ikki nafar hamyurtimiz jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi

  • 19.08.2026 16:19
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Ot sporti
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Slovakiyaning Bratislava shahrida sport kurashlari bo‘yicha U-20 jahon chempionati davom etmoqda. Ortda qolgan kun yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 2 nafar a’zosi bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Bronza medal:
-55 kg: Hojiakbar Qo‘chqorov
-72 kg: Behruzbek Valiev

Bugun kechki dasturda “klassik” kurashchilarimizdan Dostonbek Oripov finalda ozarbayjonlik raqibi bilan bahs olib boradi. Shuningdek, qizlarimizdan 2 nafari bronza medali uchun kurashsa, yana 4 nafari saralash bosqichida gilamga chiqadi.

Final:
-60 kg: Dostonbek Oripov – Ayhan Javadov (Ozarbayjon)

Bronza medali uchun:
-50 kg: Nilufar Nurmuhammadova – Diana Voikilesku (Ruminiya) / Yu Chjan (Xitoy) / Kamilla Pihor (Ukraina)
-53 kg: Sohibjamol Esbosinova – Elmira Karalbayeva (Qirg‘iziston) / Dinara Dauilkizi (Qozog‘iston)

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!