
Ikki nafar para dzyudochimiz bronza medallari uchun kurashni davom ettiradi
Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -100 kg vazn toifasida hamyurtimiz Sharif Halilov chorak finalda Buyuk Britaniya vakili Kristofer Skelliga qarshi tatamiga chiqdi.
Afsuski, ushbu kurashda hamyurtimiz ippon bahosi evaziga 10:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Biroq Halilov bronza medali uchun kurashni davom ettiradi. U o‘tish bahsida yaponiyalik Yoshikazu Matsumotoga qarshi tatamiga chiqadi.
Erkaklar o‘rtasida -90 kg vazn toifasida chorak finalda ishtirok etgan hamyurtimiz Shuhrat Boboevga ham britaniyalik para dzyudochi raqiblik qildi.
“Oltin ochkolar”ga qadar davom etgan kurashda Boboev passivligi uchun 3 marta ogohlantirildi va natijada britaniyalik Elliot Styuart g‘olib deb topildi.
Endi Boboev ham bronza medali uchun kurashni davom ettiradi. Unga bu yo‘lda qozog‘istonlik Janbota Amanjol raqiblik qiladi.
Fikrlar