Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Ikki Olimpiada chempionimiz Niderlandiyadagi boks turnirida ishtirok etadi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Ular "Eindhoven Box Cup" musobaqasida ringga ko‘tariladi.

6-9 iyun kunlari Niderlandiyada "Eindhoven Box Cup" musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

E’tiborlisi, unda ikki hamyurtimiz, Olimpiada chempionlarimiz -  Abdumalik Halakov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev ham ishtirok etishadi. 30 ga yaqin davlatdan bokschilar qatnashadigan turnirga yana bir qator nomlar taklif qilingan.

 Jamal Kuliev - U23 Evropa chempioni;

 Lay Chju-En - Osiyo chempionatida bronza va Osiyo o‘yinlarida kumush medal sohibi;

 Mahmud Sabirxan - jahon chempioni;

 Ali Abdullaev - jahon chempionati kumush medali sohibi;

 Ichrak Chaib - jahon chempionati bronza medali sohibi;

 Oliviya Toborek - Evropa chempionati medallarining ko‘p karra sovrindori.

Bu haqda musobaqa o‘zining Instagram sahifasida e’lon qildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q