Ikki supermurabbiy “Real”dan qo‘ng‘iroq kutmoqda

  • 2 aprel, 2023, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real”ni Ispaniya Chempioni va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirgan Karlo Anchelottining klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.

Italiyalik murabbiyning klub xo‘jayinlari bilan munosabati yaxshi emas. Ko‘p manbalar “Qirollik klubi” Anchelotti o‘rniga boshqa murabbiy qidirayotgani haqida yozmoqda. Aslida madridliklar Tomas Tuxelni yozda ishga jalb qilmoqchi bo‘lib yurgandi. Germaniyalik mutaxassis “Bavariya” bilan shartnoma imzoladi.

Manbalarning ta’kidlashicha, hozir ishsiz yurgan ikki tajribali murabbiy  - Yulian Nagelsmann va Maurisio Pochettino “Real” rahbariyatidan qo‘ng‘iroq va taklif kutmoqda.

Har ikki mutaxassis “Qirollik klubi” bilan ishlab, “Real”ni yuksak cho‘qqilarga ko‘tarishga tayyorligini bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
03/04/2023 20:23
Мавринио керакмас реалга