Ikkinchi medal naqd. Abdumalik Xalokov yarim finalda
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida chorak finallar boshlanmoqda.
-57 kg vazn toifasida Abdumalik Xalokov iordaniyalik Ishish Yusufga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 14:25 dan so‘ng boshlanadi.
Bokschilar ringga chiqib kelmoqda. Hamyurtimiz ko‘k libosda. Uning raqibi qizil formada harakat qiladi.
Abdumalik ilk raundni o‘z foydasiga hal qildi - 5:0.
Ikkinchi raund ham hamyurtimizning foydasiga - 5:0.
Uchinchi raundda hakamlar bir ovozdan Xalokovning ustunligini qayd etishdi - 5:0. Yakuniy hisob 5:0 bokschimiz yarim finalda. U ham kamida bronza medali va 50 ming dollarni naqd qildi.

Fikrlar