Ikkita futbolchi sabab Orlandodagi bahs bekor qilindi
Amerika futbol ligasi (MLS) doirasida bugun bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan "Di Si Yunayted" - "Toronto" bahsi noma’lum muddatga qoldirildi.
Ingliz matbuoti ma’lumotiga ko‘ra, ushbu jamoalardagi ikkita futbolchida koronavirusga o‘tkazilgan testda musbat javob olingan. Manbada futbolchilarning ismlari oshkor qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab MLS bahslari 12-martda to‘xtatilgan va 9-iyulda qayta tiklangan edi.
Fikrlar