Ilhom Mo‘minjonov: "Mo‘hir Komilovga aytadigan gapim - respekt!"
O‘zbekiston kubogi guruh bosqich 2-turida "Metallurg" o‘z maydonida "Aral" jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindan keyin bekobodliklar ustozi Ilhom Mo‘minjonov jurnalistlar savollariga javob berdi.
"G‘alaba bilan shogirdlarimizni tabriklayman. Chiroyli o‘yin ko‘rsatishdi. Yigitlar yaxshi bilishadi "Aral" jamoasi PRO-Ligada to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchimiz hisoblanadi. Kubok bo‘lsa ham bu raqibni mag‘lub etishimiz kerak edi. Bu borada futbolchilar bilan gaplashgandik. Yigitlar vazifani uddalashdi, 3 ochko qo‘lga kiritildi. Endi keyin o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.
Avval ham aytgandim, asosiy vazifamiz Superligaga chiqish. Shunday bo‘lsa-da, har bir murabbiy, har bir futbolchi yutqazishni istamaydi. Maksimal darajada harakat qilyapmiz. Kubokda o‘yin amaliyoti kamroq bo‘lgan futbolchilarga imkoniyat berayapmiz. Gap yo‘q, chunki ular asosiy tarkib vakillariga aylanishmoqda, deya olaman. Oldinda endi "Qo‘qon-1912" bilan o‘ynaymiz, keyin birinchi davradagi 3 ta o‘yinimizni yakunlab qo‘yamiz.
"Qo‘qon-1912" jamoasining "Aral" bilan o‘yini ni ko‘rib chiqdik. Nukusdagi maydonni bilasizlar, u yerda boshqacha o‘yin ko‘rsatgan. Shu sababli oxirgi o‘yinni ko‘rib (OKMK bilan), o‘rganib chiqamiz.
Mohir Komilovning aytadigan gapim — respekt. Oyoqda ham, o‘yinni o‘qiy olishda ham ishonchli harakat qildi. Barakalla! Kichik xatolar bor, ammo ularni to‘g‘rilaymiz. Bizda yana ikki nafar posbonimiz bor — Suhrob Sultonov va Dilrux Aliev. Kubokda barcha kiperlarimizga ham imkoniyat beramiz.
Yochich, Bubanya va Tojidinovda jarohat bor, yana uch nafar futbolchimiz — Shorahmedov, G‘ofurov va Mo‘ydinovga dam bergandik.
Aytganimdek, asosiy vazifa PRO-Ligada muvaffaqiyat qozonish. Ammo yuzaga kelgan vaziyat, imkoniyatimizdan kelib chiqqan holda futbolchilarning o‘zi ham keyingi bosqich uchun astoydil harakat qilishsa ajab emas. Hozir 3 kundan so‘ng, 4-kun o‘yinimiz. Jiddiy tayyorgarlik qilamiz. Baribir raqib Superliga jamoasi hisoblanadi".

Fikrlar