Iliya Topuriya: "Aleksandr Usik UFC da katta muvaffaqiyat qozonadi, chunki..."
Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya ukrainalik taniqli bokschi Aleksandr Usik MMA, xususan, UFC da muvaffaqiyat qozonishiga ishonch bildirdi.
"Usikning harakatlaridan kurash bazasi borga ham o‘xshaydi. Bundan tashqari, u og‘ir vazn toifasidagi haqiqiy yirtqich. Agar Aleksandr tekdaunlardan yaxshi himoyalana olsa, "stoyka" da boks mahorati orqali barcha raqiblarini yer tishatishi mumkin. shu bois uning UFC da katta muvaffaqiyat qozonishiga ishonaman", - deya Topuriyaning "Source of Boxing" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Usik oxirgi jangida Riko Verxuvenni 11 raundda texnik nokautga uchratdi.

Fikrlar