Iliya Topuriya yengil vaznda Islom Maxachyevni mag‘lub etishi mumkin, biroq...
36 yoshli UFC jangchisi Beneil Dariush engil vazn toifasidagi chempion Iliya Topuriya va yarim o‘rta vazn chempioni Islom Maxachev o‘rtasidagi ehtimoliy to‘qnashuv haqida gapirdi.
"Menimcha, 70 kg dagi jang Iliya uchun ancha yaxshi bo‘lardi. Uning mazkur divizionda imkoniyati yuqori, biroq 77 kg vaznda emas. Engil vaznda ularning imkoniyatini 50/50 deb baholayman, hatto Topuriya biroz favorit. Chunki u ko‘p vazn tashlashi shart emas. Ammo yarim o‘rta vaznda katta farq bor va Islom ham ko‘p vazn tashlashi shart emas", – dedi Dariush "MMA Today" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Topuriya oxirgi jangida Charlz Oliveyrani 1-raundda nokaut qildi, Maxachev esa hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Jek Maddalenani yengdi.
Fikrlar