Iliya Topuriya Jastin G’etjini birinchi raundda nokautga uchratadi!

  • 14.02.2026 19:05
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriyaning murabbiyi Xavi Klement gruziyalikning vaqtinchalik chempion Jastin G’etji bilan bo‘lib o‘tadigan jangi haqida gapirdi.

"Iliya G’etjini dastlabki 30 soniyada nokautga uchratadi, deb aytishga tayyor emasman, biroq bu birinchi raundda sodir bo‘lishiga 100 foiz ishonaman. Garchi Jastin ham ancha kuchli bo‘lsa-da, men bunga aminman. Amerikalikning men yaxshi o‘rgangan bir nechta qo‘pol xatolari bor va agar Jastin bu xatolarni jangda takrorlasa, qimmatga tushishi aniq", – dedi Klement.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 324" turnirida Jastin G’etji hakamlarning yakdil qarori bilan Peddi Pimblettni yengib, yengil vaznda vaqtinchalik chempionga aylangandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!