Iliya Topuriya Jastin G’etjining o‘rnida bo‘lganida, birinchi raunddayoq o‘sha "erkatoy"ni yanchib tashlardi

  • 15.02.2026 11:49
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriyaning murabbiyi Xavi Klement shogirdi va britaniyalik Peddi Pimblett oʻrtasida jang oʻtkazilganda qanday voqelik yuz berishini taxmin qildi.

"Getji va Pimblett toʻqnashuvini koʻrganimdan soʻng, Iliya Peddini birinchi raunddayoq nokaut qilishiga ishonchim komil boʻldi. Agar Topuriya Jastinning oʻrnida boʻlganida oʻsha "erkatoy"ni yoʻq qilardi", – deya Klementning soʻzlarini keltirdi "ABC" nashri.

Eslatib oʻtamiz, yanvar oyida oʻtkazilgan bahsda Jastin Getji hakamlarning yakdil qaroriga koʻra Pimblettni magʻlub etib, vaqtinchalik UFC chempioniga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!