Iliya Topuriya rafiqasining ayblovlari tufayli sudga chaqirildi
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriya 7 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan sud majlisiga chaqirildi. Bu haqida "El Mundo" nashri xabar bermoqda.
Jurnalistlarning yozishicha, jangchining rafiqasi Jorjin Uzkategi Badell turmush o‘rtog‘i zo‘ravonlik, tan jarohati yetkazish va shafqatsiz munosabatda bo‘lishda ayblamoqda. Shu bilan birga, 7 yanvar kungi yig‘ilishning o‘zi Jorjina qaromog‘idagi qizi bilan bog‘liq vaziyatni hal qilish uchun ham o‘tkaziladi. Badellning o‘zi suddan qizi bilan Ispaniyadan chiqib ketishga ruxsat so‘rayapti.
Avvalroq, oilasidagi vaziyat tufayli Topuriya nomaʼlum muddatga UFC janglarida ishtirok etmasligi maʼlum qilgandi.
Fikrlar