Iliya Topuriya va sobiq raqifasi oʻrtasidagi sud ishi yakunlandi
Bugun taniqli UFC jangchisi Iliya Topuriya va uning sobiq rafiq Jorjina Uskategi oʻrtasida sud majlisi boʻlib oʻtdi. Sud muhokamasiga Uskategining qizi bilan birga Ispaniyadan Mayamiga koʻchib oʻtish haqidagi iltimosi sabab boʻldi. Chunki u nikohdan avval aynan Mayamida yashagan. Biroq Iliya Topuriya mazkur soʻrovni rad etdi.
Sud yakunlangach, Jorjina Uskategi matbuot vakillari bilan muloqot qilmasdan, binoni tark etdi.
Iliya Topuriya esa suddan tabassum bilan chiqdi va jurnalistlarga murojaat qilib, yaqin orada qizi bilan yana koʻrisha olishidan xursand ekanini bildirdi.

Fikrlar