Iliya Topuriya: "Xabib Nurmagommedov Maxachev bilan jang qilishimni istamayapti, chunki..."

  • 16.04.2025 13:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC yulduzi Iliya Topuriya engil vaznda amaldagi chempion Islom Maxachev bilan jangni tashkil etishga qarshi chiqqan Xabib Nurmagomedov haqida gapirdi.

"Habib Islomdan kamarni olib qo‘ya oladigan yagona jangchi men ekanimni biladi. Shu bois u Maxachev bilan jang qilishini istamayapti" - deb yozdi Iliya ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Topuriya so‘nggi bor Maks Xolloueyga qarshi oktagonga ko‘tarildi va uchinchi raundda amerikalikni nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!