Iliya Topuriya: "Xollouey uni nima kutayotganini bilmaydi"

  • 04.10.2024 16:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yarim engil vaznda UFC chempioni Iliya Topuriya Maks Xolloueyga qarshi jangda g‘alaba qozonishiga qattiq ishonmoqda.

"Maks uni nima kutayotganini bilmaydi. Bechora yigit. Men uni hurmat qilaman, ammo jang payti emas. Xolloueyning qiyshiq burnini joyiga tushirib qo‘yish vaqti keldi", - dedi Topuriya Instagram dagi jonli efirida.

Eslatib o‘tamiz, Topuriya (15-0) va Xollouey (26-7) jangi 26 oktyabr kuni Abu-Dabida o‘tkaziladigan "UFC 308" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!