Iliya Topuriyaning keyingi jangi qachon bo‘lishi mumkin?
UFC rahbari Dana Uayt engil vazn chempioni Iliya Topuriyaning keyingi jangi haqida aytib o‘tdi.
"Iliya yanvar oyida Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan "UFC 324" turnirida kamarni himoya qilishi mumkin. Hozirda shu bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Barchasi hal bo‘lishi bilan rasmiy qarorni e’lon qilamiz", - dedi tashkilot rahbari Las-Vegasdagi matbuot anjumanida.
O‘n kun oldin "Eurosport" nashri Topuriyaning kelasi yil boshida oktagonga chiqishi va unga amerikalik Jastin Getji raqiblik qilishi haqida yozgandi. Biroq yana bir necha xorij manbalari "El’-Matador"ga potentsial raqib sifatida britaniyalik Peddi Pimblettni ko‘rsatdi.
Fikrlar