Ilk bor mountinbayk bo‘yicha professional musobaqa o‘tkazildi

CHERY AUTO

24-25-sentyabr kunlari Toshkent viloyatida mountinbayk bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi. Ahamiyatlisi, bu velosportning mazkur yo‘nalishi bo‘yicha yurtimizda professional sportchilar o‘rtasida tashkil etilgan dastlabki musobaqa bo‘ldi.

Tecno

Ushbu turnir davomida Xalqaro velosportchilar ittifoqi (UCI) tomonidan jalb etilgan ekspert Beatris Lajava mahalliy mutaxassislarga tashkiliy ishlar va tayyorgarlik borasida muhim ko‘rsatmalarni berib bordi. Yakunda kattalar va turli yosh toifalarida g‘olib hamda sovrindorlar aniqlab olindi.

Bu haqda MOQ xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!