Ilk transfer amalga oshdi! Angliya klubi Alvaroni sotib oldi
Angliya Premier-ligasining “Bornmut” klubi joriy yozdagi ilk transferini amalga oshirib, Ispaniyaning “Elche” jamoasidan hujumchi Alvaro Rodrigesni oʻz safiga qoʻshib oldi.
BBC maʼlumotiga koʻra, Rodrigesning “Bornmut” bilan shartnomasi besh yilga moʻljallangan boʻlib, transfer qiymati 25,7 million funtni tashkil etgan.
Ushbu mablagʻning 50 foizi oʻtgan yozda Rodrigesni “Elche”ga sotgan “Real Madrid” hisobiga oʻtadi. Alvaro Madrid klubi tizimida besh yil faoliyat yuritib, 10 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan.
“Elche”dagi yagona mavsumi davomida 22 yoshli urugvaylik futbolchi La Ligadagi 34 oʻyinda 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangi mavsumda “Bornmut” Yevropa Ligasida ishtirok etadi va Rodriges yangi bosh murabbiy Marko Roze jamoasi tarkibi chuqurligini oshirish uchun jalb qilingan.

Fikrlar