Iman Xelif: "Musobaqalardan oldin testosteron darajasini pasaytirish uchun ayollik gormonlarini qabul qilardim"

  • 06.02.2026 01:14
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Parijda (Frantsiya) bo‘lib o‘tgan XXXIII Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, jazoirlik bokschi Iman Xelif to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi oldidan gormon terapiya olganini tan oldi.

"Odamlar buni bilishmaydi, lekin musobaqalardan oldin testosteron darajasini pasaytirish uchun ayollik gormonlarini qabul qilardim. Dakarda o‘tkazilgan Parijdagi Olimpiya o‘yinlariga saralash turniri oldidan shu orqali testosteron darajamni nolga tushirdim va oltin medalni qo‘lga kiritdim", – deya jazoirlikning so‘zlarini keltirdi "L'Équipe" nashri.

Maʼlumot uchun, Iman Xelif Parij-2024 Olimpiadasida 66 kg vaznda chempionga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!