IMMAF jahon chempionati. Zafarbek Asatov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, yana bir vakilamiz ham oltin medal uchun jang qiladi!
Gruziyaning Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tayotgan havaskor MMA (IMMAF) bo‘yicha dunyo birinchiligi o‘zining qizg‘in pallasiga kirib keldi.
Bugun yarim final janglari o‘tkazildi. Dasturdan 4 nafar hamyurtimizning bahslari o‘rin olgandi.
65,8 kg da, kattalar o‘rtasidagi yarim final bahsida hamyurtimiz Zafarbek Asatov 3-raundda Qozog‘iston vakili Marat Ashimtaevni mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!
Shuningdek, bugun oktagonga ko‘tarilgan vakillarimiz - Azizbek Safarov, Umidjon Axmedov va Islom Murodov mazkur bosqichda o‘z yurishlarini yakunlab, yurtimizga bronza medali bilan qaytadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga yana bir finalchimiz Shohsanam Amaniyozov qozog‘istonlik Assilaym Kaypbergenga qarshi oltin medal uchun jang qiladi.
Fikrlar