"Imperator" "Roma"ga qaytadi
Afsonaviy Franchesko Totti "Roma"ga qaytishga yaqin turibdi. Bu haqda "Corriere Dello Sport" nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, yaqin vaqt ichida Totti "bo‘rilar" rahbariyati bilan uchrashadi va muzokara o‘tkazadi. Hozircha Franchesko qaysi lavozimni egallashi ma’lum emas. Totti "Roma" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U butun faoliyatini ushbu klub safida o‘tkazgan.
Ma’lumot uchun, Mourino shogirdlari ushbu mavsum Konferentsiyalar Ligasi finalida "Feyenoord"ni mag‘lub etib, chempionga aylangandi.



Fikrlar