Infantino: "Haqamlarning bahsli qarorlari yoki g‘alati intizomiy qarorlar dunyodagi eng yirik ligalarda odatiy hol"

  • 27.07.2026 17:05
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

FIFA prezidenti Janni Infantino yakunlangan Jahon chempionati – 2026 davomida qabul qilingan bahsli qarorlar yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

Uning taʼkidlashicha, musobaqa paytida masʼul organlar tomonidan chiqarilgan ayrim qarorlardan norozilik tabiiy holat hisoblanadi. Shu bilan birga, Infantino jamoatchilikni rasmiy hujjatlarga eʼtibor qaratishga chaqirdi.

«Ayrim qarorlardan qoniqmaslikni tushunish mumkin. Lekin, iltimos, rasmiy hujjatlarga nazar soling – bu kabi qarorlar dunyoning eng nufuzli chempionatlarida ham odatiy hol hisoblanadi.

Hakamlarnig “bahsli” qarorlari yoki intizomiy jihatdan “tushunarsiz” deb baholanyotgan holatlar – masalan, ehtimoliy xatoli qizil yoki sariq kartochkalar, yoki ayrim vaziyatlarda futbolchilarni diskvalifikatsiya qilmaslik to‘g‘risidagi qarorlar – bu dunyodagi eng yirik ligalarda keng tarqalgan amaliyotdir.

Qiziqishi shundaki, xuddi shu amaliyotni qo‘llayotgan ayrim mamlakatlar o‘ziyog‘ bu usulni tanqid qiladi», – dedi Janni Infantino.

Eslatib o‘tamiz, AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogun Bosniya va Gertsegovinaga qarshi 1/16 final bahsida (2:0) olgan qizil kartochkasi ortidan diskvalifikatsiya qilingan edi. Ammo unga nisbatan jazo vaqtincha to‘xtatilgani sababli, u Belgiya qarshi 1/8 final uchrashuvida (1:4) maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Maʼlum qilinishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Balogunning maydondan chetlatilishi masalasini Infantino bilan muhokama qilganini tan olgan.

Jahon chempionati atrofidagi tanqidlarga to‘xtalar ekan, Infantino shunday dedi: «Siz nafrat tarqatish bilan band bo‘lgan paytingizda, FIFA dunyodagi eng yaxshi tomoshani uyushtirdi. Tanqidga shunchalik berilib ketdingizki, butun quvonchni qo‘ldan boy berdingiz. Bir oz tiniqing, mulohaza qiling, duo qiling».

U musobaqaning umumiy tashkilotiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi: «Hech qanday jiddiy insidentlar qayd etilmadi, faqat xursandchilik hukm surdi. Xavfsizlik 100 foiz taʼminlandi. Eron termasi AQShga muammosiz kirib keldi. Visa masalasida ayrim rad etishlar haqida gapirildi, ammo millionlab odamlarga visa berildi», – deya qayd etdi FIFA prezidenti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!