
InfinBank - WBC kongressining rasmiy hamkori
Bir necha kun davomida Toshkent butun dunyodan, jahon boksining eng yirik namoyandalari yig‘iladigan joyga aylanadi. Butunjahon boks kengashi (WBC) kongressi har doimgidek nufuzli sportchilar, murabbiylar va tashkilotchilarni ushbu sport turining kelajagini muhokama qilish uchun bir joyga to‘playdi. InfinBank esa ushbu tadbirning rasmiy hamkori bo‘ladi.
WBCning 61-kongressi 13-17 noyabr kunlari Toshkent shahridagi "Congress Hall"da bo‘lib o‘tadi. Kongressda jahon boks yulduzlari – Mayk Tayson, Kostya Szyu, Evander Xolifild, Amir Xonlar ishtirok etadi.
InfinBank mashhurlar chempionlik kamari bilan esdalik suratga tushishlari mumkin bo‘lgan, ring ko‘rinishiga keltirilgan maxsus maydon tayyorlaydi. Shuningdek, kongress davomida ishtirokchilar dolzarb masalalar va rejalarni muhokama qiladilar va har bir vazn toifasida bo‘yicha unvon va saralash janglarini belgilaydilar.
Toshkent navbatdagi bor sport olamida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maydonchasiga aylanadi.
InfinBank har doim sog‘lom turmush tarzi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydi va sport tadbirlarining o‘tkazilishida muntazam ishtirok etadi.
Fikrlar