Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Insayder Mourin'yo "Real"ga qanday yangiliklar kiritganini ochiqlandi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Mashg‘ulotlarda yangi tartib: qisqa, lekin juda shiddatli o‘tadi

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourin'yu jamoa mashg‘ulotlariga yondashuvini o‘zgartirdi. Endi mashg‘ulotlar avvalgidek uzoq davom etmaydi, ularning umumiy vaqti eng ko‘pi bilan bir soatu 15 daqiqani tashkil etmoqda. 

Bu haqida Madrid Zone nashri futbol olamidagi insayder Mario Kortehanaga tayanib xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar qisqariganiga qaramay, juda shiddatli o‘tmoqda. Asosiy e’tibor to‘p bilan ishlashga, texnik va taktik elementlarni takomillashtirishga qaratilgan. 

Shu bilan birga, futbolchilar uchun ichki tartib ham kuchaytirilgan: hozirda o‘yinchilar mashg‘ulot boshlanishidan bir-ikki soat oldin bazaga yetib kelishlari shart va jamoaviy nonushtada ishtirok etishlari majburiy hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba, 25 oktyabr kuni «Real» Ispaniya chempionati doirasida «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi. La Liga jadvalidа madriddliklar hozircha peshqadam kataloniyaliklardan olti ochkoga orqada bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q