
Insayder: Shakur Stivenson ham Bivol va Beterbiev jang qiladigan kechada ishtirok etadi, uning raqibi...
12 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan katta boks oqshomida Shakur Stivenson ishtirok etadi, deb xabar beradi insayder Julius Julianis.
Engil vaznda (61,2 kg) WBC chempioni unvoniga ega bo‘lgan Stivenson ikkinchi yarim engil vaznda (59 kg) sobiq chempion britaniyalik Jo Kordinaga (17-1, 9 KO) qarshi kurashadi.
Ma’lumot uchun, Shakur Stivenson 27 yoshda. Amerikalik 2016 yilgi Olimpiadaning kumush medali sovrindori, 2017 yilda professional boksda debyut qilgan va 2019 yil oktabr oyida yarim engil vazn toifasida WBO (57,2 kg) unvonini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar