Insine "Napoli"dan ketadimi? Klub prezidenti bu savolga javob berdi

  • 5 iyul, 2021, 21:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" klubi prezidenti Aurelio De Laurentis hujumchi Lorentso Insinening jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

“Insine akademiyamiz tarbiyalanuvchisi, uning kelajagi faqat o‘ziga bog‘liq. Agar u "Napoli"dan charchagan bo‘lsa va u Evropaning biron bir joyida o‘ynashni istasa, demak bu uning qarori bo‘ladi, bizning emas”, - dedi prezident.

30 yoshli italiyalik futbolchi “Barselona” va “Tottenxem” klublarining diqqat markazida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Insine o‘tgan mavsum “Napoli” safida jami 48 ta o‘yin o‘tkazdi va 19 ta gol hamda 11 ta assistga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!