"Inter" "Brentford"ga oʻz futbolchisini sotishdan bosh tortdi
«Inter» 21 yoshli yarim himoyachi Aleksandar Stankovich uchun «Brentford»ning 40 million yevro taklifini rad etdi.
«Brentford» klubi «Inter» yarim himoyachisi Aleksandar Stankovichni oʻz safiga qoʻshib olishga urindi. La Gazzetta dello Sport nashri xabar berishicha, ingliz klubi 21 yoshli futbolchi uchun 40 million yevro taklif qilgan.
Biroq «Inter» bu taklifni rad etgan. Manbalarga koʻra, Aleksandar Stankovichning oʻzi ham «Brentford»ga oʻtish istagini yoʻqligini bildirgan.
2025/2026 yildgi mavsumda Stankovich Belgiya ning «Bryugge» jamoasi safida oʻynab, yuqori darajadagi oʻyini bilan eʼtibor qozondi. Shu yil yozida «Inter» oʻz tarbiyalanuvchisini qayta sotib olish huquqidan foydalandi va uni yana oʻz tarkibiga qaytarib oldi.
Aleksandar Stankovich – mashhur serbiyalik futbolchi Deyan Stankovichning oʻgʻli. U Serbiya terma jamoasi safida sakkizta oʻyin oʻtkazgan.

Izohlar (0)