"Inter" Chalxanog‘luning o‘rniga Bundesligadan yarim himoyachi topib qo‘ydi

  • 21 iyul, 02:19
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" Granit Jakani o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Fenerbaxche"ni o‘ziga jalb qilayotgan Xakan Chalxanog‘lu bilan xayrlashish holati yuz bersa, milanliklar "Bayer" yarim himoyachisini sotib olishga urinib ko‘radi.

Tecno

32 yoshli shveytsariyalik futbolchi turkiyalik xavbekning o‘rnini egallash uchun yagona nomzod emas, biroq asosiy da’vogardir.

"Inter" Chalxanog‘lu uchun 30 million evro so‘ramoqda, biroq yakunda 25 million evro bilan kifoyalanishi mumkinligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!