
"Inter" "Chelsi"ga ikkinchi taklifni yubordi
"Inter" Romelu Lukakuni to‘liq sotib olishga harakat qilmoqda. Klub "Chelsi"ga ikkinchi taklifni yubordi. Unga ko‘ra, milanliklar hujumchi uchun 30 million evro va yana ayrim bonuslar to‘lamoqchi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Lukakuni "Inter"dan tashqari, "Yuventus" ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istaydi. Turinliklar ketishi mumkin bo‘lgan Dushan Vlaxovichga o‘rinbosar izlamoqda. Shu bilan birgalikda, belgiyalik futbolchiga Saudiya Arabistonidan takliflar bor.
Eslatib o‘tamiz, Lukaku 2021 yili "Inter"dan 115 million evro evaziga "Chelsi" safiga borib qo‘shilgandi.
Fikrlar