"Inter" futbolchilari "Real" futbolchilaridan o‘rnak oldi

  • 27 aprel, 2021, 22:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" A Seriya chempionligi uchun juda yaqin turibdi.

Tecno

FCInter1908 nashrining xabar berishicha, jamoa futbolchilar chempionatdagi g‘alaba uchun taqdim etiladigan bonusdan voz kechishmoqchi. Ular shu yo‘l bilan koronavirus pandemiyasi davrida yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz paytida klubga yordam berishmoqchi.

Avvalroq "Real" futbolchilari ham xuddi shunday yo‘l tutgani haqida xabar berilgan edi. “Qirollik klubi” Chempionlar ligasi va La Liga g‘olibligi uchun kurashni davom ettirmoqda.

“Inter” 33 turdan so‘ng 79 ochko bilan Italiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rindagi “Atalanta” hisobida 68 ochko bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!