“Inter” ikki sovrindan ayrilishi va V Seriyaga tushirilishi kutilyapti

  • 27.04.2026 06:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Inter” klubi hakamlik mojarosi sabab V Seriyaga tushirilishi va ikki sovrinidan mahrum qilinishi mumkin.

Bu haqida AGI nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Milan prokuraturasi Italiya hakamlar korpusi rahbari Janlukka Rokkani “Inter” jamoasi o‘yinlariga “qulay” hakamlarni tayinlashda gumon qilmoqda.

Tergov versiyasiga ko‘ra, Rokka shaxsan ayrim hakamlarni tayinlashga erishgan va bu klub manfaatlariga xizmat qilgan.

Agar ayblovlar tasdiqlansa, “Inter”ning 2023-2024 yildagi mavsumdagi Italiya chempionligi va 2024 yildagi Italiya Superkubogidagi g‘alabadan mahrum qilinishi kutilyapti

Bundan tashqari, “Inter” yanada og‘irroq jazoga hukm qilinishi mumkin. Reglamentda  bunday holatlarda ochkolar olib tashlanishi yoki klubning yuqori diviziondan butunlay chiqarish choralari ham belgilangan.

Avvalroq, Milan prokuraturasi firibgarlik bo‘yicha ish ochgani, shundan so‘ng A Seriya  hakamlar kollegiyasining sobiq rahbari Janluka Rokka o‘z lavozimini tark etgani xabar qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!