
"Inter" Jeko bilan kelishuvga erishdi
"Roma" klubi forvardi Edin Jeko faoliyatini "Inter"da davom ettirishga juda yaqin turibdi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 33 yoshli bosniyalik futbolchi “neradzurrilar” bilan kelishuvga erishgan. Agar u Milan klubiga ko‘chib o‘tsa, uning yillik maoshi 4 mln evroni tashkil etadi. Endi "Inter" rahbariyati faqatgina "Roma" bilan kelishib olsa bas. Ushbu transfer 20 million evroga baholanmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Jekoga shuningdek PSJ, "Fenerbaxche" va "Vest Xem" klublaridan ham qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Jeko yakunlangan mavsum “Roma” safida jami 40ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar