
"Inter" Jekoning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Rimning klubi "Roma" forvardi Edin Jeko yangi mavsumni "Inter"da boshlashi mumkin.
GianlucaDiMarzio.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” 33 yoshli bosniyalik futbolchining transferi masalasini deyarli hal qilib bo‘lishgan. Ushbu transfer ortidan “bo‘rilar” 10 mln evro ishlab olishadi va “Inter”ning yosh hujumchisi Eduardo Verganini o‘z safiga qo‘shib olishadi.
Ma’lumotlarga qaraganda Jeko joriy oy yakunigacha “Inter” futbolchisi sifatida e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Jeko o‘tgan mavsum “Roma” safida 40ta o‘yinda maydonga tushdi va 14ta gol hamda 11ta golli uzatmaga yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar