“Inter” kataloniyaliklar taklifi ustidan kuldi
Ispaniya chempionligiga yaqinlashib kelayotgan “Barselona” kelasi mavsum oldidan tarkibida jiddiy oʻzgarishlar qilishni moʻljallayapti.
Kataloniyaliklar anchadan beri jiddiy qiziqish bildirayotgan futbolchilardan biri “Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni hisoblanadi.
“Barselona” negadir italyanliklar qimmatbaho aktivini arzon narxda qoʻyib yuborishiga umid qilayapti. Ana shu maqsadda, ispan grandi “Inter”ga Bastoni uchun 50 million yevro taklif qilgan.
Diario SPORT nashri maʼlumotiga koʻra, ammo milanliklar bu taklifni kulgiga olgan.
Bitim “Barselona” kutganidan ancha murakkab boʻlishi aytilmoqda, chunki “Inter” rahbariyati oʻz futbolchisini 50 million yevrodan ancha yuqori baholayapti.
Joriy mavsumda Alessandro Bastoni “Inter” safida barcha musobaqalarda 36 ta oʻyinda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, raqiblar darvozasiga 2 ta gol urdi va jamoadoshlariga 6 ta golli uzatma berdi. Uning milanliklar bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Fikrlar