"Inter" Lautaro Martinesga narx belgiladi

  • 20 may, 2023, 18:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Inter" hujumchisi Lautaro Martines matbuot xabariga ko‘ra APL klublarning radarida. Italiya klubi argentinalik hujumchi uchun narx belgilagan. "Football Insider" nashri xabariga ko‘ra, "neradzurrilar" Martinesni 80 million evroga sotishga tayyor.

2022/2023-yilgi mavsumda Martines “Inter” safida 52 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularda hujumchi 25 ta gol va sheriklariga 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Lautaro Milan klubida 2018 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada "Inter" Chempionlar ligasi finaliga yo‘l olgandi. U erda Simone Indzagi shogirdlari “Manchester Siti”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 10 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!