"Inter" mavsum yakunlangach "Tottenxem" himoyachisini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

  • 29 oktabr, 2019, 12:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Tottenxem” klubi himoyachisi Yan Vertongen mavsum yakunlangach erkin agent sifatida “Inter”ga o‘tishi mumkin.

Tecno

The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” 32 yoshli belgiyalik futbolchini qishki transferlar davrida qo‘yib yuborishni xohlashmayapti. Shuning uchun “neradzurrilar” uni yozda, ya’ni shartnomasi yakunlangach o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi.

Aytish kerakki, “Tottenxem” hamon Vertongen bilan shartnomani uzaytirishiga umid qilmoqda. Ammo, ular futbolchiga uzoq yillik shartnoma taklif qilishmoqchi emas. “Inter” esa aksincha, futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzolashga tayyor.

Ma’lumot uchun, Vertongen joriy mavsum “Tottenxem” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!