"Inter" Milanni qanchaga sotishini e’lon qildi

  • 16.07.2020 15:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" klubi rahbariyati slovakiyalik himoyachi Milan Shkrinyar joriy yozgi transferlar davrida sotib yuborishga tayyor. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o‘z tvitter sahifasida xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "neradzurrilar" 25 yoshli futbolchining transferidan 60 million evro ishlab olmoqchi. Unga esa PSJ, "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Real" va "Barselona" kabi grandlar xaridor.

Shkrinyar joriy mavsum “Inter” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 2 ta goliga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!