«Inter» murabbiyi Kivu Chalxanoğlu bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi
Turkiyalik yarim himoyachi Hakan Chalxanog‘lu ning «Inter» tarkibidagi kelajagi hanuz noaniqligicha qolmoqda. Bu haqida insayder Ekrem Konur o‘z sahifasida xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi paytda futbolchining maoshi yiliga 6,5 million yevroni tashkil qiladi. Klub rahbariyati esa unga yangi shartnoma taklif etishga tayyor, biroq unda ish haqi miqdori qisqartirilishi ko‘zda tutilgan.
Jamoa bosh murabbiyi Kristian Kivu Chalxanog‘lu ning jamoa uchun ahamiyatini alohida ta’kidlab, uni yo‘qotishni istamasligini bildirgan.
Italiya chempionatining joriy mavsumida 32 yoshli yarim himoyachi uchta o‘yinda maydonga tushib, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Hakan ning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar