"Inter" "Napoli"ga Ikardini 65 mln evroga sotishga rozilik berdi
"Inter" forvardi Mauro Ikardi "Napoli"ga o‘tishga yaqin turipti.
Milan klubi 26 yoshli futbolchini "Napoli"ga 65 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga rozilik berdi, - deb xabar bermoqda "Corriere dello Sport".
Argentinalik futbolchi "Yuventus"ga o‘tishni istayapti. Hatto turinliklar bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan edi.
Agar Ikardi "Napoli"ga o‘tishga rozilik bersa, futbolchining agenti hamda ayoli Vanda Nara shartnoma borasida muzokara o‘tkazishga kirishadi.
Ma’lumot uchun, Ikardi "Inter"ga 2013 yili kelgan. "A" Seriyaning so‘nggi mavsumida, 29 ta bahsda qatnashib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar