"Inter" Niderlandiya terma jamoasi a’zosini o‘z tarkibida ko‘rmoqchi

  • 16.06.2021 21:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Voetbal International nashri tarqatgan xabarga qaraganda, PSV klubi va Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Denzel Dyumfris faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining xizmatlariga "Inter" jiddiy qiziqib qolgan. “Neradzurrilar” uni joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olmoqchi.

Dyumfris yakunlangan mavsum PSV safida jami 41 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Niderlandiya terma jamoasi Evropa chempionatidagi navbatdagi bahsini 18 iyun kuni Avstriyaga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!