"Inter" o‘z safiga 20 yoshli argentinalik futbolchini qo‘shib oldi

  • 4 iyul, 2018, 21:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi "Rasing Avelyanedi" klubi forvardi Lautaro Martines bilan shartnoma imzolagani haqida rasman e’lon qildi.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "neradzurrilar" 20 yoshli argentinalik futbolchini A Seriyaning yangi mavsum qaydnomasiga ham kiritishgan.

Ma’lumotlarga qaraganda Martinesning transferi “Inter”ga 25 mln evroga tushgan. Shuningdek Argentina klubi futbolchining kelajakdagi transferidan ham 10% haq olishi belgilab qo‘yilgan.

Tez orada “Inter” ushbu transferni rasman e’lon qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!