“Inter” rahbarlari jamoani chempion qilgan futbolchilardan voz kecha boshladi

  • 2 iyun, 2021, 13:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uzoq tanaffusdan keyin “Inter”ni Italiya chempioniga aylantirgan ayrim etakchi futbolchilar yozda klubdan ketadigan bo‘lyapti.

Tecno

Xususan, klub rahbariyati hujumchilardan biri Lautaro Martinesni sotib yuborish bo‘yicha ish boshladi. Argentinalik hujumchi 2018 yildan beri jamoa tarkibida to‘p tepmoqda. O‘tgan yoz uni “Barselona” transfer qilmoqchi bo‘lgan edi. Biroq, milanliklar ularning birorta taklifini qabul qilmadi.

Lautaro Martines uch mavsum davomida “Inter” tarkibida 100 ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 37 ta gol urdi va 15 ta golli pas berdi.

Argentina terma jamoasi hujumchisiga “Liverpul”, “Chelsi”, “Barselona” va “Manchester Siti”dan qiziqish bor. Uning transferi 60-80 million evro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!