"Inter" "Shaxtyor" darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib finalga chiqdi (video)
UEFA Evropa ligasida ikkinchi finalchi nomi ham ma’lum bo‘ldi. Kecha “Inter” va “Shaxtyor” jamoalari g‘oliblik uchun maydonga tushdi. Gollarga boy bo‘lgan o‘yin 5:0 hisobida “neradzurrilar”ning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shu kuni milanliklar safida Lautaro Martines (19', 74') va Romelu Lukaku (78', 84') dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Danilo D'Ambrozio (64') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Endi “Inter” finalda “Sevilya”ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar