
"Inter" sobiq prezidenti: Lautaroni Italiyada ushlab qolish imkonsiz
"Kimdir ketishni istasa, siz uni ushlab qololmaysiz. Lautaro bilan ham shunday. Shundoq ham kundek ravshan bo‘lib turgan masalani yashirish befoyda. Agar Martines ketishni istasa, buni to‘xtatishdan klubga ham futbolchiga ham hech qanday naf yo‘q.
Transfer oynasi ochilishi arafasida hech qaysi futbolchining klubda qolishiga kafolat berib bo‘lmaydi. Biroq Lautaro hozircha "Inter" futbolchisi va uning milanliklar bilan hali 3 yillik shartnomasi bor", - deydi Moratti.
Fikrlar