
"Inter" va "Everton" bir futbolchi uchun kurashadi
"Evro-2020"da o‘zini ko‘rsatgan PSV qanot himoyachisi Denzel Dyumfris faoliyatini kuchli beshlik chempionatida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, 25 yoshli niderlandiyalik futbolchining xizmatlariga "Inter" va "Everton" qiziqish bildirmoqda. PSV agar futbolchi uchun qaysidir jamoa 20 million evro to‘lasa, u bilan xayrlashishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.
Denzel o‘tgan mavsum Eyndxoven klubi tarkibida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar imzolangan.
Fikrlar